15:18 / 04.05.2015
1680

“Manchester Yunayted” Depay bo‘yicha kelishuvga Yanuzayni kiritishga tayyor

adnan-januzaj

Kun.uz: “Manchester Yunayted”ning hujumkor yarim himoyachisi Adnan Yanuzay PSV jamoasiga o‘tishi mumkin. “Manchester Yunayted” jamoasi yozda PSV hujumchisi Memfis Depayni sotib olmoqchi. Bu shartnomaga ular Yanuzayni ham kiritishga tayyor. Shartnoma amalga oshgan taqdirda Yanuzay PSV tarkibida ijara asosida bir yil to‘p suradi. “Adnan Yanuzayday futbolchi bizning tarkibimizga o‘tib, Chempionlar Ligasida ishtirok etishga qarshi bo‘lmasa, uni ijara olish imkoniyatimiz bor”, - deb ta'kidladi PSV direktori Marsel Brands.

Top