Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:05 / 04.05.2015
2479
1 daqiqa o‘qiladi
“Yuventus” van Persi, Kavani va Dibalaga qiziqish bildirmoqda
Kun.uz: “Yuventus” jamoasining yozgi transfer mavsumidagi asosiy nishonlari kimlar bo‘lishi ma'lum qilindi.
La Gazzetta dello Sport gazetasida yozilishicha, Italiya chempionining qiziqishlari ro‘yxatiga uch nafar hujumchi kiritilgan – Robin van Persi (“Manchester Yunayted”), Edinson Kavani (“PSJ”) va Paulo Dibala (“Palermo”).
Bundan tashqari, klub mutasaddilari yozda to‘rt nafar yarim himoyachilarni sotib olishga harakat qiladi, bular: Aksel Vittsel (“Zenit”), Kevin de Bryuyne (“Volfsburg”), Ramires (“Chelsi”) va Franko Vaskes (“Palermo”).
Qayd qilinishicha, “Yuventus” Pol Pogbaning sotilishidan keladigan mablag‘ni yangi o‘yinchilar sotib olishga yo‘naltirmoqchi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish