Jahon | 16:51 / 04.05.2015
1588
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda “kamikadze” AQSh prokuraturasi xodimlari ketayotgan avtobusni portlatib yubordi

6540

Kun.uz: Afg‘oniston poytaxti Kobulda terrorchi “kamikadze” AQSh bosh prokuraturasi xodimlari ketayotgan avtobusni portlatib yubordi. The Daily Mail nashrida keltirilishicha, voqea joyida 1 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohat olgan.

64840Bosh prokuror matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, “bu hujumlar terrorchilarning begunoh va himoyasiz tinch aholiga nisbatan nihoyatda shafqatsiz ekanligini yaqqol ko‘rsatib berdi”.

6840Terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan. Tvitterdagi sahifasida guruh jangarilari 40 kishi o‘lgani va yaralanganini ma'lum qilmoqda. Afg‘oniston va AQSh rasmiylari bu ma'lumotni inkor qilmoqda.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish