Jahon | 22:56 / 04.05.2015
2462
1 daqiqa o‘qiladi

Arab koalitsiyasi harbiy-havo kuchlari Adan aeroportiga aviazarbalar berdi

Kun.uz: Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy-havo kuchlari 4 mayda Yaman janubidagi Adan shahri aeroportiga 150 ta aviazarba berdi, deb xabar bermoqda “Associated Press” agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Sano va Xudaydo shahridagi aeroportlar ham bombardimon qilingan. Bundan tashqari, mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Marib va Saad viloyatlaridagi isyonchilar joylashgan o‘rinlarga ham aviazarbalar berilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Yaman shaharlariga berilayotgan aviazarbalar oqibatida 1,2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, bir necha ming tinch aholi yaralandi, o‘ng minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishdi. Mamlakat infratuzilmasi barbod bo‘lgan, aholi insonparvarlik yordamiga katta ehtiyoj sezmoqda. Xalqaro tashkilotlar yoqilg‘i yetishmayotgani va doimiy ravishda jang olib borilayotgani sababli insonparvarlik yordamini yetkazib berishda qiynalmoqda.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish