15:53 / 04.05.2015
2218

Beeline o‘z abonentlari uchun «Zamonaviy smartfon Galaxy Ace 2 uchun $1» aksiyasini boshladi

samsung-galaxy-ace-style-lte.jpg.pagespeed.ce.G0gjOdmqxX

4 may 2015, Toshkent. Aloqa operatori Beeline oldindan to‘lash hisoblari tizimining mavjud bo‘lgan va yangi abonentlari uchun yangi aksiyani e'lon qildi. «Zamonaviy smartfon Samsung Galaxy Ace 2 uchun $1» aksiyasi doirasida 13 ta smartfon o‘ynaladi.

«Aktsiya respublikaning barcha viloyatlarini qamrab olib, Beeline‘ning barcha abonentlari uning ishtirokchilariga aylanishi mumkin, shu bilan birga, endi ulangan abonentlar ham, – deb izoh beradi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Tanlovning shartlari nihoyatda oydin, har bitta ishtirokchi zamonaviy gadjyetni yutib olish imkoniyatiga egadir. G‘oliblar 22 may kuni yutuqni o‘ynash davomida aniqlanadi, bunda «O‘zbegim taronasi» radiosiga efir davomida qo‘ng‘iroq qilib tushgan tinglovchilar baxtli raqamlarning bittadan sonini aytadilar».

Aktsiyada ishtirok etishni aktivatsiya qilish uchun abonentlar *110*2015# USSD kodini terishlari kerak, bu shuningdek taqdim qilinadigan bonusni kafolat qiladi: tarmoq ichida chiqish qo‘ng‘iroqlariga 15 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha chiqish uchun 15 ta SMS va 15 Mb internet-trafik. Kodni aktivatsiya qilish narxi – 1$. Yutuq o‘ynalishining natijalari kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilinadi.

Batafsil ma'lumotlar www.beeline.uz saytida.

Top