13:29 / 04.05.2015
2124

TsRUning sobiq ishchisi “al-Qoida”ga qarshi kurash haqida kitob yozdi

98490840

Kun.uz: AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (TsRU) direktorining sobiq o‘rinbosari Maykl Morell o‘zining yangi kitobida AQSh “al-Qoida”ning imkoniyatlariga yetarlicha baho bera olmagani va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatdan foydalanib, Usoma bin Ladenning o‘limidan so‘ng mintaqada o‘z mavqeini olmaganini ta'kidlab o‘tdi. Kitobda yozilishicha, maxfiy xizmatlar vakillari siyosatchilarni musulmon mamlakatlaridagi tartibsizliklar nomi zikr etilgan terrorchi guruhning obro‘ini tushirib yuborishiga ishontirishga uringan, ammo siyosatchilar noto‘g‘ri qadamlar tashlab, terrorchilikka qarshi kurashda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan. “Terrorchilikka qarshi kurash nuqtai nazaridan “arab bahori” qishga aylandi”, - deb ta'kidlaydi Maykl Morell. Sobiq razvedkachining kitobi “Zamonamizning buyuk urushi deb ataladi”. The Washington Post gazetasida ta'kidlanishicha, maxfiy xizmatning faoliyati jiddiy tanqid ostiga olingan bu kitob katta shovshuvga sabab bo‘lgan.

Top