23:10 / 04.05.2015
1730

Hindistonda yo‘l-transport hodisasida 28 kishi halok bo‘ldi

CEKqMR-VEAAEmf8

Kun.uz: Hindistonning Panna shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.

Yana 12 kishi jarohat olgan. Ba'zi manbalarning aytishicha, halok bo‘lganlar soni 35 nafarni tashkil qilmoqda.

41 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus Chxatarpur shahridan Satnaga ketayotgan bo‘lgan, biroq yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgan.

Shahar hokimiyati jabrlangan yo‘lovchilarga yetkazilgan ziyonni qoplashga va'da bergani aytilmoqda.

Top