Jahon | 13:17 / 04.05.2015
1567
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada tojikistonlik geroin sotuvchilari qo‘lga olindi

19840

Kun.uz: Moskva huquq-tartibot idoralari vakillari O‘rta Osiyodan Rossiyaga geroin olib kelish bilan shug‘ullanib kelgan 12 nafar Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya giyohvand moddalari savdosini nazorat qilish boshqarmasining matbuot xizmatiga tayangan holda Interfaks agentligi ma'lumot bermoqda. “Oxirgi 2 hafta ichida 12 nafar Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan, ularning yonidan 25 kg Afg‘oniston geroini chiqqan. Qo‘lga olingan giyohvand moddalarning qora bozordagi qiymati 25 mln rublga teng”, - deyiladi xabarnomada. Moddalar mashina va omborxona ichidan topilgan. Qo‘lga olingan shaxslar uni paketlarga solib, Lianozovo tumanida sotishgan.

xab-1
rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish