Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada NATO harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Kun.uz: Norvegiyaning g‘arbiy qirg‘og‘ida NATO alyansi kuchlarining Dynamic Mongoose 2015 (“Harakatchan mangust 2015”) nomli kemalarga qarshi harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Manyovrlar 14 mayga qadar o‘tkaziladi. Unga 20 dona texnik vosita, shu jumladan suv osti kemalari va samolyotlar jalb qilingan. Shuningdek, mashg‘ulotlarda 10 mamlakatdan tashrif buyurgan 5 ming harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Ular ichida NATOga a'zo bo‘lmagan Shvetsiya harbiylari ham bor. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, mashg‘ulotlarda Norvegiyaning kemalarga qarshi mudofaaga mo‘ljallangan “Fritof Nansen” fregati ishtirok etadi. Dynamic Mongoose mashg‘ulotlari 2012 yidan buyon o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad dushman submarinalarini aniqlash va yo‘q qilishdir. 2014 yilda o‘quvlarda 8 mamlakat harbiy xizmatchilari, 10ta kema, 3 submarina, 3 dona patrul samolyoti va vertolyoti qatnashgan.