
Kun.uz: Yaqinda Xitoy hukumati “Ipak yöli iqtisodiy kamari va XXI asrning dengiz Ipak yölini hamkorlikda qurişni qöllab-quvvatlaş böyiça konsepsiya va harakat rejasi”ni işlab çiqdi va e'lon qildi. Bu voqea yuzasidan Xitoyning Özbekistondagi elçisi Sun Litsze Sinxua agentligining Toşkentdagi muxbiri bilan bölgan suhbat çoğida yangi hujjatga öz munosabatini bildirib ötdi. “Bu butun jahon hamjamiyatining diqqatini tortgan “kamar va yöl” taşabbusi ilgari surilgandan söng imzolangan birinçi rasmiy hujjat böldi. Unda zamona, hamkorlikdagi faoliyatning prinsiplari va asosiy konsepsiyalari batafsil bayon qilingan; “kamar va yöl” qurişning asosiy vazifalari va yönalişlari belgilab berilgan, ularga tavsif berilgan”, - dedi elçi OAV vakili bilaye muloqot çoğida. “Kamar va yöl” loyihasidan közlangan asosiy maqsad butun dunyoning hamkorlikdagi taraqqiyotini ta'minlaşdir. Litszening sözlariga qaraganda, taqdiri yagona kamar va yöl bilan boğlangan davlatlar umumiy rivojlanişdan öz taraqqiyoti uçun kuç töplaydi. “Kamar va yöl”, Osiyo, Yevropa va Afrikani kesib ötarkan, Yevropa va Şarqiy Osiyo iqtisodiyotini boğlovçi yangi halqa böladi”, - deb ta'kidladi elçi. Şuningdek, Sun Litsze Özbekiston bilan hamkorlik istiqbollariga töxtalib ötdi. “Örta Osiyo mintaqasining markazida joylaşgan Özbekiston Respublikasi qadimda Buyuk Ipak yölining muhim böğini bölib xizmat qilgan, - uning sözlarini keltiradi agentlik. – Qadimiy Xitoy adabiyotida Samarqand, Buxoro, Xiva singari şaharlar köp bora tilga olinadi. Uzoq asrlar mobaynida karvon yöli orqali elçilar, olimlar va savdogarlar dunyo kezişgan. Buyuk Ipak yöli nafaqat Xitoy va Özbekiston tarixini boğlaydi, balki ikki davlat xalqlarining umidlari va intilişlarini birlaştiradi”. “Ötgan asrning 90-yillaridayoq prezident Islom Karimov Buyuk Ipak yölini qayta tiklaş taşabbusini ilgari surgan edi, - qöşimça qildi u. – Uning 1994 yilda bayon etilgan taşabbusi biz körib çiqayotgan hujjatda aks etgan fikrlarga mos keladi – Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlari örtasida yaqindan aloqalar örnatiş va hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş”. Şuningdek, elçi oxirgi yillarda Xitoy va Özbekiston aloqalari tez sur'atlarda rivojlanib borayotganini ta'kidlab ötdi: “Xitoy va Özbekiston “Ipak yöli iqtisodiy kamari”ni yaratiş borasida hamkorlikni amalga oşirmoqda, ularning turli sohalardagi aloqalari esa kun sayin rivojlanib bormoqda. Işonçim komilki, yuqorida tilga olingan hujjatning imzolanişi özaro aloqalarimizga yangi tus va mohiyat bağişlaydi hamda Buyuk Ipak yölidagi ikki qadimiy sivilizatsiyasining an'anaviy aloqalarini yangi asr ruhi bilan boyitadi”.







