18:38 / 04.05.2015
1671

Yatsenyuk ukrainalik maxsus kuchlarni mashq qildirishda AQShlik mutaxassislarni jalb qilmoqchi

65705

Kun.uz: Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukraina IIV maxsus kuchlarini o‘qitishga AQShlik harbiylarni jalb qilmoqchi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Yatsenyuk bu haqda vazirlikning tezkor yig‘ilishida ma'lum qildi.

Yatsenyukning aytishicha, “militsiyaning tezkor javob berish bo‘limi eng kuchli tarzda jihozlanishi va puxta, chiniqtirilgan bo‘lishi kerak”. Bosh vazir aynan AQShlik harbiylar Tezkor-qo‘qqisdan harakat qilish korpusi guruhlarini o‘qitishda yordam berishi mumkinligini aytmoqda.

Avvalroq, AQSh Yo‘l-patrul xizmati xodimlari Ukrainaning yangi yo‘l politsiyasini tayyorgarlikdan o‘tkazganlari ma'lum qilingandi.

Top