Sport | 21:59 / 05.05.2015
1750
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik bokschi Vladimir Klichkoni erkatoy kuchukchaga o‘xshatdi

Superog‘ir vazn toifasida faoliyat olib boradigan britaniyalik bokschi Tayson Fyuiri (24 jang, 24 g‘alaba, 18 nokaut) ukrainalik Vladimir Klichkoni (64 jang, 61 g‘alaba, 53 nokaut) ko‘rgazmalarda namoyish etiladigan qimmatbaho kuchuk zotiga o‘xshatdi.

"Bizning jangimiz haqiqiy bokschi pitbul zotiga mansub kuchukni ringda quvib yurishi bilan kechadi", deb yozadi bokschi o‘z tvitteri orqali.

Bu bokschi Klichkoni jangga chaqirgan, lekin bu jangning o‘tkazilishi hali rasman tasdiqlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish