Kun.uz: Fin ko‘rfazida o‘tkazilgan “Buyuk G‘alaba kemalariga ta'zim” ekspeditsiyasi chog‘ida 1942 yilda suv ostiga g‘arq bo‘lgan, Sovet dengiz kuchlariga tegishli M-95 suv osti kemasining qoldiqlari topildi. Bu haqda ekspeditsiya rahbari Konstantin Bogdanovga iqtibos keltirgan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. “Biz Fin ko‘rfazida, Gogland oroli to‘g‘risida M-95 suv osti kemasining halokatga uchragan yerni aniqladik. Uning korpusi suv ostida, 65 m chuqurlikda yotibdi. Kecha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida kema mina portlashi oqibatida g‘arq bo‘lgani aniqlandi”, - deb sharhlagan topilmani Bogdanov. Ta'kidlanishicha, portlash kemaning burun qismida sodir bo‘lgan.