Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:35 / 05.05.2015
1682
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya va Saudiya Arabistoni Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni ma'qullaydi
Kun.uz: Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi va qo‘shni mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solmasligi kerak. Bu haqda Fransiya va Saudiya Arabistoni rahbarlari ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qilishdi.
“Fransiya va Saudiya Arabistoni rahbarlari Eron bilan ishonchli, mustahkam, tekshiruvga chidamli kelishuvga erishilishi zarur deb hisoblaydi”, - ta'kidlandi Fransiya prezidenti Fransua Olland va Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotida.
“Bu kelishuv mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirmasligi va Eronning qo‘shnilariga tahdid solmasligi kerak”, - deb qo‘shimcha qilinadi hujjatda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish