Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:08 / 05.05.2015
2788
1 daqiqa o‘qiladi
"Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida "Al-Ahli" klubini qabul qiladi
Kun.uz: 5 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichida so‘nggi 6-tur uchrashuvlariga start beriladi. To‘rtta guruhda o‘yinlar davom ettiriladi.
Jumladan, "D" guruhida Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida "Al-Ahli" klubini qabul qiladi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari kamida durang o‘ynashlari kerak bo‘ladi. Aks holda, pley-offga chiqish masalasi narigi juftlik natijasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi esa, safarda "Fulad" mehmoni bo‘ladi. Vadim Abramov shogirdlari keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lib ulgurishgan.
Toshkentning yana ikki jamoasi "Paxtakor" va "Bunyodkor" esa ertaga o‘z raqiblariga qarshi maydonga chiqishadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish