16:16 / 05.05.2015
2811

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

a19_2072 Kun.uz: Chirchiq olimpiya zaxiralarii kollejida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Ikki kunlik musobaqalarning yakunlariga ko‘ra o‘z vazn toifalarida Ruslan Makarov (-56 kg), Humoyiddin Jabborov (-62 kg), Alisher Abdullayev (-69 kg), Fayzullo Nabiyev (-77 kg), Javlon Abdusattorov (-85 kg), Sherzod Ro‘zmetov (-94 kg), Muhammad Yusupov (-105 kg) va Ivan Yefremov (+105 kg) oltin medallarga sazovor bo‘ldilar. Ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Mahliyo Tog‘ayeva, Lola Qodirova, Marina Sisoyeva, Manzura Mamasoliyeva, Muattar Nabiyeva, Omadoy Otaqo‘ziyeva birinchi o‘rinni egallashdi. xab-4
Top