Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:57 / 05.05.2015
3786
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya xokkey terma jamoasi matbuot kotibi AQSh bilan o‘yini natijasi aslida 9:9 bo‘lganini aytdi
Kun.uz: Rossiya xokkey terma jamoasi matbuot kotibi Igor Larin Xokkey bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichida AQShga uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirib aslida o‘yin 9:9 bo‘lganini qayd etdi.
“Guruhda birinchi bor mag‘lubiyatga uchradik – 2:4. Ammo o‘yindan keyin aralash hududda jurnalistlar bizning yetti nafar va amerikalik 5 nafar xokkeychini intervyuga chorlashdi. Natijada umumiy hisob 9:9 ko‘rinishini oldi”, deb yozadi Larin Rossiya xokkey federatsiyasi rasmiy saytida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish