14:40 / 05.05.2015
2507

Rossiyalik olimlar suyak sementini yaratdi

22100

Kun.uz: Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida faoliyat yurituvchi tadqiqotchilar guruhi suyak o‘rnini bosuvchi sement moddasini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Volgabo‘yi Federal tibbiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Anton Novikov TASS agentligiga ma'lum qildi. Shu paytgacha Rossiyaga suyak o‘rnini bosuvchi modda AQShdan olib kirilar edi. Endilikda uning muqobili Rossiyaning o‘zida yaratildi. “Bizning sementimiz, AQShda ishlab chiqarilgan muqobilidan farqli ravishda, zaharli moddalar ajratmaydi va inson suyagi strukturasini to‘laligicha takrorlaydi”, - ta'kidlab o‘tdi tadqiqotchi. Suyak o‘rnini bosuvchi sement forpolimer asosidagi sintetik materialdir: aynan shu modda tufayli u suyak bilan birika oladi. Novikovning so‘zlariga qaraganda, ushbu modda yordamida allaqachon 80dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. “Bizning modda yordamida 30 sm kubgacha bo‘lgan suyak uchastkalarini tiklash mumkin. Uni neyrojarrohlikda ham muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. u 10-15 yil mobaynida suyak bilan birikib boradi”, - deydi olim. Shuningdek, ushbu modda AQShda ishlab chiqariladigan muqobiliga nisbatan ancha arzonroq hamdir: AQShdan yetkaziladigan moddaning bir paketi 80 ming rubl tursa, Rossiyada ishlab chiqarilganining shuncha miqdori uchun 18 ming rubl to‘lash kifoya.

xab-5
Top