21:09 / 05.05.2015
7707

Samarqandda yangi mehribonlik uyi ochildi

Samarqand shahrida “Sen Yolg’iz Emassan” jamg‘armasi tomonidan qurib bitirilgan yangi mehribonlik uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayevaning Feysbukdagi rasmiy sahifasida ma'lumot berildi.
“Aziz do‘stlar, siz bilan quvonchli xabarni ulashmoqchiman! Nihoyat Samarqand shahrida “Sen Yolg’iz Emassan” jamg‘armamiz tomonidan qurib bitirilgan yangi Mehribonlik uyining ochilishi bo‘lib o‘tdi”, - deyiladi xabarnomada.
Lola Karimova-Tillayeva mehribonlik uyining barpo etilishiga jiddiy e'tibor qaratilganini ta'kidlab o‘tdi:
“Biz uy loyihasini ishlab chiqishda arxitektor, pedagog va psixologlar bilan birgalikda puxta ish olib bordik, bolajonlarning yashashi, rivojlanishi va ta'lim olishi uchun maksimal qulayliklar yaratishga intildik”.
Ma'lum bo‘lishicha, yangi mehribonlik uyi binosiga 6-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, jami 127 bola (42 qiz va 85 o‘g‘il bola) ko‘chib o‘tgan.

Top