10:02 / 05.05.2015
5984

Sardor Milano: Toshkentga konsert dasturi bilan kelishni istayman

Fabrika Formatov11070894_10202807735194594_6500453042795497207_n Kun.uz: “Glavnaya stsena” musiqiy loyihasining g‘olibi Sardor Milano UZ24 saytiga bergan intervyusida Toshkentga konsert dasturi bilan tashrif buyurish niyati borligini aytib o‘tdi. “Men O‘zbekistonga do‘stlar va qarindoshlar bilan ko‘rishish uchun tez-tez kelib turaman, musiqiy material ustida aynan Toshkentda ishlayman; bu yerda ishlash oson”, - deb ta'kidladi u. “Men Toshkentga konsert dasturi bilan tashrif buyurishni istayman, - qo‘shimcha qildi san'atkor. – U yerda muxlislarga to‘la zalni ko‘rishga va ularga chinakam musiqa bayramini taqdim etishga umid qilaman”. “Mening bolaligim Toshkentda kechgan. Ingliz tiliga ixtisoslashgan 178-umumta'lim maktabi, musiqa maktabining fortepiano sinfi. Bolaligimning muhim qismini “Alovuddin” estrada shou-studiyasidagi ishtirokim tashkil etadi, men aynan o‘sha yerdan o‘z ijod yo‘limni boshlaganman”. Yosh ijodkor o‘zbek xonandalari uni qo‘llab-quvvatlaganidan mamnun ekanligini ta'kidlab o‘tdi: “O‘zbek estradasi yulduzlarining meni qo‘llab-quvvatlaganidan juda xursand bo‘ldim. Ular orasida Rayhon G‘aniyeva, Sardor Rahimxon, Larisa Moskalyova, Rashid Holiqov, Laylo Galiyeva (“Setora” guruhining birinchi tarkibidan), Shukur (“Fazo” guruhi) kabilar bor. Intervyularimdan birida Toshkentga kelganimda ular bilan shaxsan tanishishni xohlashimni aytib o‘tgan edim”. Shuningdek, Sardor Milano kelajakdagi rejalariga to‘xtalib o‘tdi: “Prodyuserlardan takliflar kelib tushmoqda, bundan juda xursandman. Buning tafsilotlarini hozircha bayon qila olmayman, yaqinda o‘zingiz hammasini bilib olasiz”. xab-4
Top