Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:49 / 05.05.2015
2242
1 daqiqa o‘qiladi
Shvetsiyada ulkan miqdordagi slanets zaxiralari topildi
Kun.uz: Shvetsiyada katta miqdordagi slanets zaxirasi topildi. Bu haqda The American Association of Petroleum Geologists Bulletin tadqiqot markazi ma'lum qildi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, bu zaxiralar Shvetsiyaning janubida joylashgan bo‘lib, 12 ming yil muqaddam biosfera va muzliklarning murakkab reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Shvetsiyada mavjud bo‘lgan boshqa slanets manbalari 300 ming yillik tarixga ega. Yangi zaxiralar esa mamlakatdagi nisbatan "eng yosh slanets zaxiralari" sifatida qayd etildi.
Amerikalik olimlar bu manbalar 100 metr atrofidagi chuqurlikda joylashganini aytishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish