12:13 / 06.05.2015
3510

“O‘zbektelekom” O‘zbekistonning tarixiy obektlari hamda faol turistik hududlarida Wi-Fi taqdim etadi

“O‘zbektelekom” kompaniyasi O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosi hududlarida, shuningdek, jamoat uchun mo‘ljallangan hamda faol turistik obektlarida simsiz abonent radioulanish tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

2014 yilda “O‘zbektelekom” Xorazm viloyatining tarixiy muzey-shahri “Ichan Qal'a”da optik aloqa kanallarini tashkil etish va muvofiq radiouskunalarini o‘rnatish yo‘li bilan abonentlarni simsiz radioulanish test zonalarini foydalanishga topshirishni amalga oshirdi.

Simsiz Wi-Fi-tarmog‘ini testdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirish natijasi bo‘yicha, O‘zbekiston mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatining tarixiy va madaniy meros obektlari, shuningdek, turistik zonalari, mehmonxona, ayeroport va vokzallari tarmoqlarida simsiz Wi-Fi tarmog‘ini tijorat qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” tomonidan Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishni taqdim etadigan uskunalarni barcha montaj qilish va sozlash ishlari yakuniga yetkazildi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to‘lov kartalari chiqarilgan.

“O‘zbektelekom” Wi-Fi tarmog‘ining qulayligi shundaki, foydalanuvchilar bir karta yordamida “O‘zbektelekom” tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha obektlarida Internet xizmatidan foydalana oladilar. Agar abonent, masalan, kartani Xiva shahrida sotib olgan bo‘lsa, undan Termiz shahrida ham, Qarshi va Shahrisabz, shuningdek, “O‘zbektelekom” Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasining boshqa joylarida ham foydalanishi mumkin.

Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom” Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasi o‘zida 27ta obektni jamlagan:

  • Xorazm viloyati: “Ichan Qal'a” muzeyi, Urganch shahri ayeroporti, Urganch shahri markaziy temir yo‘l vokzali;
  • Qashqadaryoviloyati: Qarshi shahri ayeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahr o‘lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Daorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;
  • Surxondaryo viloyati: Termiz ayeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At-Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi;
  • Toshkent viloyati: Chinara’s restorani, “Xumson” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo‘jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvaridi” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, “Gornyak” NKMK dam olish zonasi, “Kichik Chimyon” dam olish zonasi, Chimyon Osma (kanat)-suyanchiqli tabiiy chegara yo‘li.

Tarif rejalariga muvofiq Internet tarmog‘iga ulanishning eng past tezligi 4 Mbit/s.ni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga besh turdagi 4500dan 25000 so‘mgacha nominalli, kiritilgan trafigi 150dan 2500 Mbaytgacha hajmli kartochkalar taqdim etiladi. Internet tarmog‘i trafigi va “Tas-IX” kiritilgan trafik hajmiga kiradi. Kartochkaning faollashtirilganidan keyin amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.

Kompaniya rejalarida Wi-Fi-tarmog‘ini butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab kengaytirish belgilangan.

Top