Jahon | 09:08 / 06.05.2015
1354
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kubaga paromlar qatnashini yo‘lga qo‘yadi

Foto: Kuba

AQSh ma'muriyati Kubaga parom yo‘nalishini ochish loyihasini ma'qulladi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, bu o‘n yillar davomida birinchi marta Kuba bilan yangi transport qatnovining yo‘lga qo‘yilishi bo‘ladi.
Aytilishicha, 5 may kuni AQSh moliya vazirligi Baja Ferries kompaniyasiga AQSh va Kuba o‘rtasida parom yo‘nalishini ochish bo‘yicha litsenziya bergan. Kompaniya vakili Robert Muzaning bayonotiga ko‘ra, Kuba hukumati bilan rasmiy shartnoma hozircha imzolanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish