Sport | 07:20 / 06.05.2015
990
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyadagi futbol jamoasi o‘z futbolchilarini yolg‘onni aniqlovchi detektorda tekshiradi

Chexiyaning "Banik Most" jamoasi o‘z futbolchilarini yolg‘on detektoridan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Jamoa rahbariyati ba'zi futbolchilarining kelishilgan uchrashuvlar o‘tkazganidan shubhalanayotgani uchun shunday qarorga kelgan. Jamoa oxirgi 9 o‘yinda uzluksiz ravishda mag‘lub bo‘ldi va rahbarlar o‘yinlar futbolchilar tomonidan sotib yuborilganini taxmin qilmoqda.

Professional futbolchilar uyushmasi bu qarorni tanqid qilib chiqdi. Bu tashkilot jamoa rahbariyati futbolchilarga tuhmat qilayotganini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish