Jahon | 08:22 / 06.05.2015
1391
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Yosir Arofatning o‘limi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish yakunlandi

Fransiyada Falastin muxtoriyatining marhum rahbari Yosir Arofatning o‘limi bo‘yicha tekshiruv olib borish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda i24news telekanali xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 30 aprel kuni xulosalar prokuraturaga yuborilgan.

Xabarda qayd etilishicha, tekshiruv o‘tkazgan mutaxassislar bu safar ham falastinliklarning sobiq yetakchisining joniga suiqasd qilingani haqidagi farazlarni inkor qilishgan.

Bundan oldinroq, Falastin tomoni Yosir Arofatni zaharlagani taxmin qilingan shaxs qo‘lga olingani haqida ma'lum qilgandi. Falastindagi taftish komissiyasi rahbari Tavfiq Tiraviy bu gumonlanuvchining shaxsini oshkor qilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish