Jahon | 23:03 / 06.05.2015
4465
1 daqiqa o‘qiladi

G‘alaba paradida Putin shaxsan o‘zi sukut saqlash daqiqasini e'lon qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada 9 mayda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba Paradida shaxsan o‘zi sukut saqlash daqiqasini e'lon qiladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Prezident Putin Ulug‘ vatan urushida halok bo‘lganlarning xotirasini yod olish maqsadida sukut saqlash daqiqasini e'lon qilishi rejalashtirilmoqda”, deb aytdi prezident yordamchisi Dmitriy Peskov. Putin paradda Oliy bosh qo‘mondon sifatida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish