16:09 / 06.05.2015
2329

Kaka muxlislar Beyldan oldin Ronalduga ham hushtakbozlik qilishganini eslatib o‘tdi

Madridning "Real" jamoasining sobiq a'zosi, braziliyalik yarimhimoyachi Kaka ayni kunlarda, ayniqsa "Yuventus"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "qirollik klubi" muxlislarining jamoa hujumchisi Garet Beylga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishayotganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Men hech qachon Beyl bilan birga o‘ynamaganman. Lekin unga bu vaziyatda o‘z maslahatim bilan yordam berishni xohlayman. "Real" jamoasida o‘ynaydigan har bir futbolchi bunday bosimga duch kelishi tabiiy hol. Muxlislar istalgan futbolchini, hatto ikki marta "oltin To‘p"ga ega chiqqan Krishtianu Ronalduni ham hushtaklar va tanqidalarga ko‘mib tashlashgan kunlar bo‘lgan.

Beyl bu vaziyatni to‘g‘ri tushunib qabul qilishi va muxlislarga aslida qanchalar kuchli futbolchi ekanini isbotlashi kerak. Men unga shuni maslahat beraman", deydi Kaka.

Top