Sport | 13:47 / 06.05.2015
2387
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston termasining JCh-2018 saralashidagi raqiblari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga saralashi ikkinchi bosqichidagi raqiblari - Bahrayn va KXDR terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazish sanalari va raqiblari ma'lum bo‘ldi.
Bahrayn 28 avgust kuni Dohada Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, guruhdagi yana bir raqibimiz - KXDR 5 iyunda Bangkok shahrida Tailandga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi.
Shimoliy Koreya, shuningdek, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari ham ishtirok etadigan xalqaro turnirda qatnashadi. Bu kichik turnir Xitoyning Uxan shahrida shu yilning 2-9 avgusti oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish