15:28 / 06.05.2015
2547

Pol Skoulz “Real” jamoasi “Yuventus”ga qarshi 9 kishi bo‘lib o‘ynagandek taassurot qoldirganini aytdi

"Manchester Yunayted" klubining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz YeChL yarim finalida "Real" va "Yuventus" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Beyl tufayli «Real» 10 kishi bo‘lib qoldi? Men bundan ham ko‘prog‘ini aytgan bo‘lardim - «Real» nafaqat Beyl, balki Ramos tufayli ham to‘liq kuch namoyish eta olmadi. Bu ikki futbolchi yaxshi o‘ynay olmagani uchun «Real» 9 kishi bo‘lib qolgandek ko‘rindi.

Ramosga to‘p kelishi bilan u to‘pni yo‘qotaverdi. U yoki to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi, yoki maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. «Real» uchun Luka Modrichning jarohati katta yo‘qotish bo‘lgan ekan", - deydi Skoulz.

Top