Jahon | 05:01 / 06.05.2015
3716
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni janubidagi barcha maktablar yopiladi

Saudiya Arabistoni hukumati Yaman bilan chegara yaqinida joylashgan Najran shahridagi barcha maktablarni vaqtinchalik yopadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Bu haqda davlat televideniyesi orqali ma'lum qilingan. Maktablar yopilishining sabablari aniq aytilmagan. 

Guvohlarning aytishicha, husiychilar Saudiya Arabistoniga zarbalar bergandan keyin koalitsiya isyonchilarning pozitsiyalariga bir nechta aviazarbalar berish bilan javob qaytargan.

Avvalroq Human Rights Watch huquqni himoyalash tashkiloti Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani Yamandagi isyonchi-husiychilarga qarshi AQShning kasseta bombalarini ishlatganlikda ayblagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish