Jahon | 10:39 / 06.05.2015
1422
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada dorilar uchun soliq to‘lash vaqtinchalik bekor qilindi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko dorilar uchun soliq to‘lashni vaqtinchalik bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, hujjat asosida mamlakat Soliq kodeksiga ma'lum o‘zgartishlar kiritiladi.
Soliqlardan ozod qilinuvchi dori vositalari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Qonunga muvofiq, 2019 yilning 31 martiga qadar Ukrainaning bojxona hududiga olib kiriladigan dori vositalari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i undirilmaydi. Bu qonundan ko‘zlangan maqsad dori vositalarining narxini tushirish hamda urushdan endi o‘nglanayotgan aholini to‘laligicha dori bilan ta'minlashdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish