13:00 / 07.05.2015
3173

AIRCUZ O‘zbekistondan Xitoy va Turkiyaga avtomobilda yuk tashishga ko‘mak beradi

Toshkentdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ)ning 2014 yilgi faoliyati yakunlari va istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishni rivojlantirish, tashkilot a'zolari va xorijiy sheriklar o‘rtasida manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashmoqda.

Umumiy yig‘ilishda mamlakatimizning avtomobilda xalqaro tashish sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalari manfaatlarini himoya qilish, raqobat uchun sharoit yaratishga doir masalalar muhokama etildi.

Transport sohasida hamkorlik qilish uchun ustuvor ahamiyatga ega dastur va loyihalar xususida fikrlar bildirildi. Transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyani jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Finance.uz’ning xabar berishicha, AIRCUZ 2015 yilda Turkiya va Xitoy yo‘nalishida xalqaro tashishlarni oshirish masalasiga katta e'tibor qaratish niyatida. Assotsiatsiya a'zolarining fikricha, ushbu yo‘nalishlar O‘zbekiston avtomobilda xalqaro yuk tashuvchilari uchun nisbatan istiqbollidir.

Top