Jamiyat | 22:28 / 07.05.2015
3914
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada ota-ona mukofot sifatida qizlariga nasha va kokain bergan

Florida shtati hukumati o‘zlarining o‘smir qizlariga yaxshi o‘qigani va uydagi ishlarni yaxshi bajargani uchun mukofot sifatida nasha va kokain moddasi bergan er-xotin haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.    

Qizlarning onasi qasamyod ostida 13 va 14 yoshli qizlari bilan nasha chekkani, eri esa ular bilan birga o‘zining yuk mashinasida kokain hillaganini tan oldi.

Qizlarning 36 yoshli otasi va 34 yoshli onasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular garov puli evaziga ozod qilingan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish