Jamiyat | 21:39 / 07.05.2015
5177
1 daqiqa o‘qiladi

Guruh bo‘lib nomusga tekkan uch nafar o‘zbekistonlik sud oldida javob beradi

Ushbu jinoyat yuzasidan Murmansk shahri prokuraturasi ayblov hukmini tasdiqladi, jinoiy ish Pervomaysk tumani sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Erkaklar “bir guruh shaxslar tomonidan zo‘ravonlik ishlatgan holda jabrlanuvchining nomusiga tegish moddasi” bo‘yicha ayblanmoqda. 

Jinoyatni tergov qilish davomida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi o‘tgan yilning mayida mast holatda kechki payt Shabalina ko‘chasidagi 11-uyning yerto‘lasiga bir qizni sudrab olib kirib, zo‘rlaganlari aniqlangan. 

Murmansk shahrida yashovchi shaxs bu jinoyatning guvohi bo‘lgan. U zo‘ravonlar qizning ixtiyoriga qarshi uni yerto‘laga sudrab olib kirganlarini ko‘rib qolgan. Guvohning o‘z vaqtida huquq-tartibot muassasalariga murojaat qilishi natijasida ayblanuvchilar voqea joyida qo‘lga olingan. 

Jinoyatchilarga 4 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish