Jahon | 08:25 / 07.05.2015
2039
1 daqiqa o‘qiladi

Maxachqal'ada aksilterrorchilik amaliyoti rejimiga o‘tildi

Dog‘iston markazi Maxachqal'aning tumanlaridan birida aksilterrorchilik amaliyoti rejimi joriy etildi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga respublika operativ shtabi xodimlari ma'lumot berdi.
Manbaning aytishicha, Maxachqal'adagi Hamidov, Timiryazev, Sulakskiy ko‘chalari bilan chegaralangan hududda aksilterrorchilik amaliyotlar olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga tezkor tadbir davomida jangarilar guruhini topish va yo‘q qilish topshirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish