15:55 / 07.05.2015
4656

MY5 telekanalidagi “Sakkizinchi sinov” ko‘rsatuvi moliyaviy muammolar sabab to‘xtatildi

MY5 (“Mening yurtim”) telekanalidagi “Sakkizinchi sinov” ko‘rsatuvi moliyaviy ko‘mak yo‘qligi sabab vaqtincha to‘xtatib turiladi. Bu haqda ko‘rsatuv boshlovchisi Parviz Fattoyev “Darakchi” gazetasiga ma'lum qildi.

Fattoyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha ko‘rsatuvning 18ta soni efirga uzatilgan, biroq u ko‘rsatuvni tayyorlash uchun “shu kunga qadar moliyaviy tarafdan ko‘mak olmagan”.

Parviz Fattoyev ko‘rsatuvning nafaqat muallifi va boshlovchisi, balki ish yurituvchisi, kompyuter grafikasi muhandisi, montaj ustasi va haydovchisi vazifasini ham bajarishiga to‘g‘ri kelgan.

“Sinov efiridan so‘ng moliyaviy ko‘mak bo‘ladi, deb o‘ylagandim... [Telekanal] rahbariyati tomonidan ko‘mak berilgach, sifatli ko‘rsatuv bilan efirga qaytmoqchiman”, - deydi Fattoyev.

Top