11:58 / 07.05.2015
2343

Namanganda pensiya to‘lovlaridan qalloblik qilgan mansabdor qamaldi

52 yoshli, muqaddam ikki marta sudlangan Xayrullo Berdiqulov pensiya to‘lovlaridan qalloblik qilishda ayblanib, qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumani ijtimoiy ta'minot bo‘limida pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi rahbari lavozimida ishlagan Berdiqulov rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, soxta ma'lumot va yozuvlar kiritish orqali nafaqa pullarining noto‘g‘ri tayinlanishiga yo‘l qo‘ygan.
Tuman ijtimoiy ta'minot bo‘limi boshlig‘i M. Begmatova, uning o‘rinbosari X. Mamatqulov, bo‘lim mutaxassislari M. Astanova, B. Ahmedov, X. Haydarov, I. Nizomov, M. Hakimova va boshqalar uning ishlariga sheriklik qilgan. Natijada 1992-2009 yillarda jami 924 mln so‘mdan ortiq nafaqa pullari fuqarolarga noto‘g‘ri tayinlanib, byudjyet mablag‘lari talon-taroj qilib yuborilgan.
Xayrullo Berdiqulovni sud 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlashdan mahrum etib, 3 yilga axloq tuzatish ishi jazosiga tortdi.

Top