19:41 / 07.05.2015
2637

Obama Netanyaxu bilan ishlashga rozi bo‘ldi

AQSh prezidenti Barak Obama Isroilning yangi hukumati bilan ishlashga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, Obama Binyamin Natanyaxu va u boshchiligidagi Vazirlar mahkamasi bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutayotgani aytilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.   

“Obama ta'kidlaganidek, AQSh bizning Isroil bilan xavfsizlik sohasidagi harbiy va razvedkaga oid hamkorligimizga katta ahamiyat beradi”, deb aytib o‘tildi 7 mayda Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida. 

Avvalroq Netanyaxu Vazirlar mahkamasini shakllantirish bo‘yicha koalitsion kelishuvni imzolashga muvaffaq bo‘lgani ma'lum qilingandi.  

Top