Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini zaxiraga olgani uchun Myullerning Gvardioladan jahli chiqdi
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller YeChL yarimyainalining "Barselona"ga qarshi o‘tkazgan mag‘lubiyatli uchrashuvida (0:3) o‘zini almashtirgan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan norozi bo‘ldi.
25 yoshli futbolchi 79-daqiqada hisob 0:1 bo‘lib turganda maydonni tark etdi, shundan so‘ng kataloniyaliklar yana ikkita gol urishdi.
Qayd etish joizki, 5 may kuni bo‘lib o‘tgan "Yuventus" - "Real" uchrashuvida ham turinliklar hujumchisi Karlos Teves o‘zini almashtirgan bosh murabbiyi Massimiliano Allegridan norozi bo‘lib, uni "qo‘rqoq" deb atagan edi.