12:32 / 07.05.2015
3281

Qulash oldidan Lyubits samolyotni ko‘tarishga harakat qilgani aniqlandi

Germanwings aviakompaniyasiga tegishli halokatga uchragan laynerning ikkinchi uchuvchisi Andreas Lyubits qulash oldidan samolyotni ko‘tarishga harakat qilgan. Bu haqda Fransiyaning BEA aviahalokatlarni taftish qilish byurosining ichki hisobotiga tayangan holda Bild nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Lyubits layner kursini o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo avtopilot parvozni belgilangan yo‘nalishda davom ettirgan.
“O‘sha paytda nima bo‘lgan edi? – savol beradi material muallifi. – Lyubits to‘satdan o‘limdan qo‘rqib ketganmi? Sarosimaga tushganmi? Yoki halokatning oldini olishga harakat qilganmi?”.
Byuro rahbari Remi Shutining ishonishicha, uchuvchi rostanam halokatning oldini olishga harakat qilgan.

Top