17:27 / 08.05.2015
1981

2019 yilda “Uzkimyosanoat” elektr iste'mol qilishni 42 foizga kamaytiradi

“Uzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2019 yilga qadar korxonalarda elektr quvvatini iste'mol qilinishi ko‘rsatkichlarini 42 foizga tushirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning o‘zida kompaniya elektr quvvati iste'molini 13.4 foizga, tabiiy gaz iste'molini 16.9 foizga qisqartirishi talab etiladi.
Shuningdek, 2019 yilga kelib gaz iste'moli 47.8 foizga kamaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 5 mayidagi qarori bilan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya iste'molini kamaytirish, energiyani tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Top