Jahon | 19:55 / 08.05.2015
1876
1 daqiqa o‘qiladi

Atlantada samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShning Atlanta shahrida yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb WSB-TV telekanali tvitterdagi sahifasida xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, samolyot yo‘l ustiga qulagan. Ayni paytda samolyot qulagan hududda o‘t o‘chirish xizmati yo‘lning ikki tomonini to‘sib qo‘ygani sababli uzun tirbandlik yuzaga  kelgan. 

Samolyot aeroportdan uchib ketganidan biroz vaqt o‘tib qulagan. Samolyotning qulashi sababi aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish