Jamiyat | 15:36 / 08.05.2015
3225
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi “hech kimni mehr-e'tibordan chetda qoldirmadi”

Toshkentdagi "Navro‘z” qabullar uyida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili” hamda "9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan madaniyat va sport sohasida uzoq yillar xizmat qilgan 450 nafardan ortiq katta yoshlilar ishtirokida "Hech kim mehr-e'tibordan chetda qolmaydi” mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi.

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, yaratgan betakror obrazlari, kuy-qo‘shiqlari bilan yoshlarimizning ma'naviyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan madaniyatimizning yorqin nomoyondalari hamda o‘zbek sportining dovrug‘ini jahonga yoyish yo‘lida fidokorona mehnat qilgan sport faxriylari hurmat va ehtirom bilan kutib olindilar.

 

Nuroniy otaxonu onaxonganga bayram sovg‘alari ulashildi.

Tadbirni Madaniyat va sport ishlari vaziri v.v.b. B.Ahmedov ochib, 2015 yil muhtaram yurtboshimizning takliflariga asosan "Keksalarni e'zozlash yili" deb nomlangani yurtimizda katta avlod vakillariga ko‘rsatilgan alohida  hurmat va e'tibordan dalolat ekanligi ta'kidladi.

Yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, ularning qilgan mehnatlari hech qachon unutilmasligi, ular hamisha shunday qadrlanishlari, piru badavlat bo‘lib dasturxonlarimiz to‘rida, qalbimiz qo‘rida bo‘lishlari haqida gapirdi.

 

 

Tadbir chin ma'noda mehr-muhabbat bayramiga aylanib ketdi. Bayram bahona necha yillardan buyon bir-biri bilan ko‘risholmayotgan qadrdonlar diydorlashdilar.

 

 

 

 

- Vazirlik rahbariyatiga rahmat. Bizni yo‘qlab, qadrlab shunday chiroyli tadbir tashkil etilibdi. Bugun xuddi yoshligimizga qaytgandek bo‘ldik. O‘tgan kunlarimizni, qadrdonlarimizni eslashdik, - deydi O‘zbekiston xalq artisti Qunduz Mirkarimova. – Bugun navqironligim esimga tushib mazza qilib raqsga tushdim. Barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan muborakbod etaman.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mehmonlarning to‘laqonli hordig‘ini tashkil etish maqsadida el suygan san'atkorlar, estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish