21:24 / 08.05.2015
1705

O‘zbekiston Respublikasi TIVda Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi sobiq Elchisi deputat Kyoko Nakayama boshchiligidagi Yaponiya Parlamenti maslahatchilari Palatasining bir guruh a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya tomoni mamlakatimiz bilan turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan O‘zbekiston Hukumatidagi samarali muzokalari hamda Buxora va Samarqand viloyatlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tadigan urashuvlardan orttirgan taasurotlarini so‘zlab berdi

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining ayrim masalalari hamda Toshkent shahrida bo‘lajak O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo forumining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi. 

Top