Jahon | 21:29 / 08.05.2015
4235
2 daqiqa o‘qiladi

Putin YeOII milliy valyutalarning qadrsizlanishiga samaraliroq kurashishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOII davlatlari yetakchilari yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi monetar siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qilishni o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytib o‘tdi. Bu haqda  “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.   

“Monetar siyosat sohasida yaqindan hamorlik qilishni o‘ylab ko‘rish kerakligini taklif qilaman. Birgalikda harakat qilib, davlatlarimizning markaziy banklari valyuta kurslari tebranishining salbiy ta'siriga qarshi samaraliroq kurashishi mumkin bo‘ladi”, deb aytdi Putin.  

Putin “monetar siyosatdagi kelishilgan harakatlar iqtisodiyot sohasidagi integratsion jarayonlarga asoslangan bo‘lishi kerakligini” ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo hamkorlik ittifoqi va “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” Transevroosiyo savdo-infratuzilmaviy loyihasi doirasidagi hamkorlik kelajakda butun qit'ada umumiy iqtisodiy hududning shakllanishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish