05:44 / 08.05.2015
1917

Teves mashinasida tezlikni oshirgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘ldi

"Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Karlos Teves Fransiya va Italiyani bog‘lab turuvchi Monblans tunnelida tezlikni oshirgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Bu tunnelda eng yuqori tezlik soatiga 70 kilometrdan oshmasligi lozim hisoblanadi. Bunday cheklovga 1999 yilning 24 martida yuzaga kelgan yong‘in sabab bo‘lgan.

Teves qanday tezlikda harakat qilgani aytilmayapti.
Top