Jamiyat | 13:56 / 08.05.2015
1293
2 daqiqa o‘qiladi

Turistlar tekin Wi-Fi’ni mehmonxonadagi eng muhim xizmat deb hisoblaydi

Mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar ichida eng muhimi, turistlarning fikricha, bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoniyatidir. Bu haqda Hotels.com portali tomonidan tarqatilgan matbuot xabarnomasida ma'lum qilindi.
Turistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinda turuvchi xizmat bepul nonushtadir. Nonushta menyusidagi taomlardan eng lazzatlilari deb qahva, choy, mevalar, go‘sht, tuxum va sharbat topildi. Ahamiyat bo‘yicha uchinchi xizmat sifatida bepul parkovka tan olindi.
Shuningdek, ro‘yxatdan jamoa transporti, restoran va do‘konlarning yaqinligi, nomerlarda qahva mashinalari va bepul ichimlik suvi solingan idishlar o‘rin olgan. Ulardan keyingi o‘rinlarda xonalardagi shovqin izolyatsiyasi va seyflar turibdi.
24 foiz sayyohlarning fikricha, mini-barlarning hech qanday ahamiyati yo‘q; respondentlarning 17 foizi hech qachon ularning xizmatlaridan foydalanmaganini ma'lum qildi. Shuningdek, 7 foiz turistlar ichimliklar solingan muzlatkichning ahamiyatini past baholagan.
So‘rovnomada 28 mamlakat sayyohlari ishtirok etdi. Respondentlar soni ma'lum emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish