Jamiyat | 13:22 / 08.05.2015
3199
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada akademik litsey o‘qituvchisi 700 dollar pora olish ustida qo‘lga tushdi

Zangiota tumanidagi akademik litseyda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Gulnora Alimov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 700 dollar pora olish ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, may oyida uning oldiga bir ayol kelib, jiyani shu litseyda o‘qish istagida ekanligini aytgan. G. Alimova bu borada akademik litsey direktori bilan gaplashib ko‘rishini aytgan. Bir necha kun o‘tgach, G. Alimova u bilan uchrashib, ushbu “xizmat” uchun 800 AQSh dollari so‘ragan. Ayol ham “savdolashib”, 700 dollarga tushirgan.
Ikki ayol “oldi-berdi” qilayotgan chog‘da huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish