Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar: internet solig‘i joriy qilinsa, kinoteatrlarning 80 foizi yopiladi
“Global litsenziya”ning joriy qilinishi oqibatida uch oy ichida tushum 30 foizga tushib ketib, kinoteatrlarning 80 foizi yopiladi. Bu haqdagi Rossiya hukumati qoshidagi ekspert kengashi “Aloqa va axborot texnologiyalari” ishchi guruhining “Izvestiya” gazetasida chop etilgan hisobotida ma'lum qilindi.
Aloqa va axborot kommunikatsiyalar tarmog‘ida intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha Rossiya Fuqarolik Kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Rossiya Dumasining muhokamasiga kiritish uchun taklif qilingan edi. Hujjatda, jumladan, “global litsenziya” konsepsiyasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra mualliflik huquqi obektlarini identifikatsiya qilishga mo‘ljallangan yangi asbob-uskuna o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Agar bu uskunalarni olib kirish va o‘rnatish aloqa operatorlari zimmasiga yuklansa, ullarning tannarxi faqat 10 yilda qoplanishi aytildi. Umuman olganda, buning uchun 1-5 mlrd dollar sarflanadi.
“Bu xarajatlar raqamli kontent bozori hajmidan bir necha barobarga ko‘proqdir”, - deb xulosa qilgan hisobot mualliflari.