Jahon | 12:41 / 09.05.2015
2148
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olindi

Finlyandiyada Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olindi. Marosimda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston diplomatlari, Finlyandiyadagi rus diasporasi vakillari va “Finlyandiya-Rossiya” jamiyati xodimlari ishtirok etdi. Ular birgalikda Xelsinkidan 20 km uzoqdagi Porkkala-Udd sobiq harbiy dengiz bazasi hududida o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Rossiyaning Finlyandiyadagi elchisi Aleksandr Rumyantsev TASS muxbiri bilan suhbat chog‘ida voqeani sharhlarkan, ushbu g‘alaba dunyoning barcha xalqlari tomonidan qo‘lga kiritilgani hamda u haqdagi xotirani asrab-avaylash muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish